Kurs haqida

Kurslar Angliyaning mashhur Cambridge universitetining maxsus ingliz tilini o'rganish uchun tashkillashtirilgan dasturi bo'yicha olib boriladi. Bu sohada yillar mobaynida ish yuritayotgan mutaxassislarimiz esa ularning sizga tushunarli va to'la amaliy holda yod bo'lishini ta'minlashadi.

Kimga mos keladi

Talaba va abiturient

Mahalliy va chet el universitetlarida talab qilinadigan IELTS yoki CEFR sertifikatini olish uchun maxsus imtihonlarga tayyorgarlik ko'radigan darajagacha ya'ni beginnerdan upper-intermediate darajasigacha o'quvchilarni tayyorlaymiz

Mutaxassislar

O'z sohasida yetuk mutaxassisga aylanishi va karyeralarida yuqori natijaga erishish uchun ingliz tilini o'rgatamiz. Shunda bizda o'qiyotgan har bir mutaxassis butun dunyo bo'ylab o'zini sohasiga tegishli bilimlarni ingliz tilida o'rgana oladi va bozordagi shaxsiy qiymatini oshiradi, ko'proq daromad qiladi.

Tadbirkorlar

Xususiy bizneslarini rivojlantirish uchun hozirgi texnologiya asrida ingliz tilini bilish bu muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun har bir tadbirkor, xalqaro darajada o'z kompaniyasi (loyihalari)ni rivojlantirishi uchun va kerakli bilimlarni olishi uchun ingliz tilini o'rganishi kerak. Shunda o'zining maqsadiga yaqinroq yo'ldan (ingliz tilini bilib) bora oladi.

KURS DASTURI

Bu kursda siz umumiy ingliz tilining barcha qobiliyatlarini rivojlantirasiz va amaliyotda natijaga erishasiz

Listening (eshitib tushunish)

Eshitib tushunishni o`rganasiz

Reading (o'qish)

Ingliz tilida so`zlar va matnlarini yuqori darajada o`qib tushuna olasiz

Writing (yozish)

Xatlar, insholarni to`g`ri yozishni o`rganasiz

Speaking (so'zlashish)

Ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni rivojlantirasiz

Grammar (grammatika)

Grammatik mavzularni o'zlashtirasiz va uni amaliyotda (speaking va writing) to'g'ri ishlata olasiz

Vocabulary (so'z boyligi)

Darajangizga mos so'zlarni yodlaysiz va uni og'zaki va yozma nutqingizda ishlata olasiz

Kursni o'rganish bosqichlari

Beginner

  • 500 ta boshlang'ich so'z

  • O'zingiz haqingizda boshlang'ich darajada gapira olish

  • Boshlang'ich fonetika va grammatika

  • (Alifbo, to be, present, past zamonlari va boshqa mavzular)

  • Kundalik oddiy kichik suhbatlarni.

  • Elementary

  • 600 ta so'z

  • Asosiy kundalik suhbatlarni amalga oshira olish

  • Asosiy grammatik mavzular (boshlang'ich zamonlar, modal fe'llar, artikl va hokazo)

  • Do'stingizga xat yoza olish, boshlang'ich darajada insho yoza olish

  • Oila, kasb, shaxsiy hayotingiz haqida gaplasha olish

  • Pre – Intermediate

  • 700 ta so'zlar

  • Kundalik suhbatlarni amalga oshira olish

  • Asosiy grammatik mavzular (Asosiy zamonlar, modal fe'llar, bog'lovchilar, shartli ergash gaplar va hokazo)

  • Rasmiy xatlar yoza olish, insholar yozish,

  • Bo'sh vaqt, moliya, internet, ta'lim, ovqatlanish, kasblar, dunyo yuzi kabi mavzularda gaplasha olish

  • Intermediate

  • 800 ta va undan ko'p so'zlar

  • Sizning ingliz tilidagi qobiliyatlarni o'rta darajaga olib chiqish uchun kerakli mavzular

  • Bu sizning kundalik ishlaringiz bilan bog'liq masalalarda ingliz tilida gaplashishingiz va tushunishingiz uchun kerakli darslar

  • Suhbat uchun kerakli grammatik bilim

  • Upper-intermediate

  • 1000ga yaqin so'zlar

  • O'rta darajadan yuqori bo'lgan grammatik mavzular.

  • Muloqot qoidasi, sayohat qilish, shaxsiy rivojlanishga oid mavzular, kreativlik, xalqaro madaniyatlar, internet avlodlari, media, hayot bosqichlari kabi qiziqarli mavzularda muloqot qilishni o'rgatamiz.

  • Bu darajani tugatgan o'quvchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'ra oladigan darajada yetarli bilimlarga ega bo'ladi

  • IELTS

  • Tez kunlarda IELTS kursini ham yo`lga qo`yamiz

  • Kurs narxi

    400.000 so'm

    Talabalar natijasi

    • All

    murojat uchun